Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining malaka oshirish instituti nodavlat taʼlim muassasasida Oʻzbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tizimidagi boshlangʻich tashkilotlardagi “Mehnat nizolari” hamda Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha komissiyalari aʼzolarining malakasini oshirish maqsadida 2023-yilning 20-fevral kunidan 5 kunlik oʻquv mashgʻulotlari boshlandi.
Mazkur oʻquvlarda yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi asosida jamoa shartnomalari loyixalarini ishlab chiqish, ijtimoiy mehnat masalalari boʻyicha komissiyalar faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan tayyorlangan slaydlar orqali nazariy va amaliy mashgʻulotlar oʻtkazib borilmoqda.