Ulugʻ oʻzbek shoiri, mutafakkir, tarixchi va davlat arbobi, markazlashgan davlat — boburiylar saltanati asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yilning 14-fevralida Andijonda tugʻildi. Amir Temurning beshinchi avlodi, Fargʻona hukmdori Umarshayxning farzandi.
Bobur 12 yoshda (1494) taxtga chiqdi. 1503-1504-yillarda Afgʻonistonni egalladi. 1519-1525-yillarda Hindistonga 5-marta yurish qiladi. Uch asrdan ortiq davom etgan (1526-1858-y.y.) boburiylar saltanatiga asos soldi.
1530-yil 26-dekabr kuni Agrada vafot etdi. Qabri keyinchalik vasiyatiga koʻra Qobulga koʻchirilgan.