Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015-yil 22-dekabrda qabul qilingan rezolyutsiyasiga muvofiq, 11-fevral – Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni deb eʼlon qilingan.
Shu munosabat bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “IT SOHASIDAGI OLIMA AYOLLAR - 2023” forumi va ko'rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Forumga O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar sohasida faoliyat olib borayotgan olima ayollar tashrif buyurdilar. Oqila Ayollar harakati hamda "Ma'rifat" targ‘ibotchilari jamiyati a'zosi, falsafa fanlari doktori, professor, faxriy jamoatchi Shermuxammedova Jamila Toshpulatovna mavzu doirasida ma'ruza qildilar. Forum davomida universitetda IT sohasi bo'yicha faoliyat yuritayotgan olima ayollar o‘zlarining ilmiy ishlanmalari va loyihalari bilan ishtirok etdilar. Eng dolzarb mavzularni yoritgan mualliflar universitet rahbariyati tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.