Jamoa shartnomasining 2022-yilda bajarilishi

“Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” DUKda hududlardagi “Radioteleuzatish markazlari”ni videokonferensaloqa orqali bogʻlagan holda 2022-yil yakuni boʻyicha jamoa shartnomasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan mehnat jamoasining konferensiyasi boʻlib oʻtdi.

Joriy yilning 1-fevralidan boshlab belgilangan jadval asosida soha tizimidagi korxona va tashkilotlarda Tarmoq, Tarif kelishuvlari, Yagona jamoa shartnomasi va qoʻshma qarorlar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tahliliy-tanqidiy oʻrganilib, 2022-yil yakuni boʻyicha jamoa shartnomalarida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan mehnat jamoalarining konferensiyalari oʻtkazilib kelinmoqda.