Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Oʻzbekiston Respublikasining yangi Mehnat kodeksini mazmun mohiyatini mehnat jamoalarida targʻiboti va tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur davra suhbatida Oʻzbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi bosh huquq inspektori hamda universitet boshlangʻich kasaba uyushmasi qoʻmitasi aʼzolari va bir qator professor-oʻqituvchilar ishtirok etishdi.