Respublika kengashi Ijroiya qoʻmitasining tegishli qarori bilan Toshkent shahridagi axborot texnologiyalari sohasi korxona, tashkilot va muassasalarida faoliyat yuritayotgan yoshlar oʻrtasida stol tennisi boʻyicha ikki bosqichli musobaqalarga start berilgan edi.
Kuni kecha “Oʻzbektelekom” AK "Telekommunikatsiya transport tarmogi" filialida yoshlar oʻrtasida stol tennisi boʻyicha musobaqa oʻtkazilib, gʻoliblarga keyingi bosqichga yoʻllanma berildi.