Milliy armiyamiz – Yangi Oʻzbekistonning mustahkam qalqonidir!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Milliy armiyamiz – Yangi Oʻzbekistonning mustahkam qalqonidir!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir oʻtkazildi.

O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi hamda 14 yanvar - "Vatan himoyachilari kuni"  munosabati bilan universitetda Mudofaa Vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashi aʼzolari hamda faxriylar ishtirokida “Keksalar ibrati!” mavzusida “Uch avlod” uchrashuvi oʻtkazildi.

Uchrashuv davomida qurolli kuchlarimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, harbiylik sharafi, vatanparvarlik va insonparvarlik, boy ma’naviy va madaniy merosni avaylab-asrash va kelajak avlodga yetkazish, mamlakatda fuqarolar va millatlararo totuvlik, ijtimoiy barqarorlik, xalq farovonligi, yurt himoyachilariga yaratilgan  qulayliklar va imtiyozlar xususida fikrlar aytib oʻtildi.