Oʻzbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi bosh mutaxassisi Yu.Gapurov ishtirokida “Oʻzbektelekom” AK “Toshkent shahar telefon tarmogʻi” filiali mehnat jamoasida “Ochiq muloqot” tarzida davra suhbati oʻtkazildi.
Oʻzbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Ijroiya qoʻmitasining 2023-yil 6-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasining yangi Mexnat kodeksining mazmun mohiyatini mehnat jamoalarida targʻiboti va tushuntirish ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 07-18 “o”-son qarori bilan tasdiqlangan reja-jadvaliga asosan, Respublika kengashi apparatining masʼul xodimlariga tarmoq tizimidagi korxona, tashkilot va muassasalar mehnat jamoasi aʼzolari oʻrtasida yangi tasdiqlangan Mehnat kodeksini targʻibot qilish, mazmun-mohiyatini tushuntirish va boshlangʻich tashkilotlarga amaliy yordam koʻrsatish vazifasi yuklatilgan.
Oʻzbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi bosh mutaxassisi Yu.Gapurov ishtirokida “Oʻzbektelekom” AK “Toshkent shahar telefon tarmogʻi” filiali mehnat jamoasida “Ochiq muloqot” tarzida davra suhbati oʻtkazildi.
Mazkur davra suhbatida amaldagi Mehnat kodeksi bilan yangi Mehnat kodeksini farqlovchi asosiy normalar, Mehnat kodeksidagi tubdan yangi normalar, ijtimoiy sheriklikning, shu jumladan uch tomonlama ijtimoiy sheriklikni yanada kengaytirilganligi va takomillashtirilgani, xodimlarning mehnat taʼtillari borasidagi kafolatlarning kengaytirilganligi, muddatli mehnat shartnomasini tuzish tamoyillari va asoslari oʻzgarganligi, mazkur Mehnat kodeksi xodimlar, ish beruvchilar va davlat manfaatlari balansini taʼminlashga qaratilganligi, ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jixatdan tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari, xodimlarning mehnat muhofazasi, mehnat huquqlarining himoya qilinishi, mehnat nizolarini koʻrib chiqish tartibi va mehnat munosabatlarida jamoatchilik nazoratini olib borish tartibi boʻyicha tayyorlangan slaydlar orqali tushuntirishlar berildi.
Yigʻilish ishtirokchilarini qiziqtirgan savollariga atroflicha tushuntirish va tegishli tavsiyalar berildi.