TARIF KELISHUVI QABUL QILINDI

“Matbuot tarqatuvchi” AK hamda Oʻzbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi ijtimoiy sheriklik tamoyili asosida, qoʻshma buyruq-qaror bilan tasdiqlangan ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha komissiya aʼzolari tomonidan 2023-2025-yillarga moʻljallangan Tarif kelishuvi loyihasi ishlab chiqildi.

Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha komissiya aʼzolari “Matbuot tarqatuvchi” AK va uning tizimida faoliyat yuritayotgan korxonalar xodimlarini ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini taʼminlash maqsadida, yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida belgilangan yangi miqdor va imtiyozlarni hamda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining jamoatchilik ekspert komissiyasi tavsiyalarini 2023-yil 1-yanvaridan boshlab amalda qoʻllash yuzasidan kelishib oldilar.

Jumladan:

Xodimlarga asosiy mehnat taʼtili muddati 21 kalendar kun, noqulay tabiiy-iqlim sharoitlaridagi ish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida esa 27 kalendar kunidan kam boʻlmagan miqdorda  belgilanadi.

Xodimlarga umumiy ish stajni inobatga olib, ishlagan har besh yil uchun davomiyligi ikki kalendar kun boʻlgan, biroq jami sakkiz kalendar kundan koʻp boʻlmagan har yilgi qoʻshimcha mehnat taʼtili beriladi.