Talabalar Milliy kutubxonaga a’zo bo‘lishdi

Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Dasturiy injiniring fakultetining 1-bosqich talabalari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida talabalar o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv adabiyotlari va eng nodir kitoblar bilan ham tanishib chiqishdi. Bundan tashqari talabalar Milliy kutubxonaning ilmiy bibliografik bazasidan foydalanish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif yakunida talabalar milliy kutubxonaga a’zo bo‘lish bilan birga o‘zlari uchun ko‘pgina kerakli ma’lumotlarga ham ega bo‘ldilar.