2022 yil 8 sentyabr kuni Mirzo Ulugʻbek tumanidagi mahalla yoshlarini bo'sh vaqtini mazmunli oʻtkazish boʻyicha Koreys tili va IT kurslarni tashkil etishda yaqindan yordam bergan xodim va talabalar taqdirlandi.
Yoshlar ishlari agentligining Mirzo Ulugʻbek tumani bo'limi bilan hamkorlikda Koreys tili va IT bo'yicha kurslar iyun-avgust oylarida tashkil etildi. Kurslarda 140 nafar mahalla yoshlari tahsil olishdi.