Respublika kengashi tizimidagi yangi boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari hamda yangi saylangan raislar uchun navbatdagi seminar trening yakuniga etdi.
O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining 2022 yil 9 avgusdagi “2022 yilning II-yarim yilligida kasaba uyushmasi kadrlari va faollarini o‘qitish rejasi to‘g‘risida”gi 05-33 “o - son Ijroiya qo‘mitasining qarori asosida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining malaka oshirish instituti nodavlat ta’lim muassasasida tizimdagi yangi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari raislari uchun navbatdagi besh kunlik o‘quv mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Mashg‘ulotlarda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining VIII Qurultoy qarorlari hamda faoliyatining 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan strategik yo‘nalishlarida belgilangan vazifalar, ijtimoiy sug‘urta mablag‘laridan maqsadli foydalanish hamda yo‘llanmalarni berish tartibi, mehnat jamoalarida madaniy-ma’rifiy, jismoniy tarbiya va sport ishlarini tashkil etishning asosiy yo‘nalishlarida batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari faoliyatini Ustav talablari asosida tashkil etish, kasaba uyushmasiga a’zolik afzalliklari, tashkilotlarda ijro intizomi va hujjatlar bilan ishlashda ish yuritishni tashkil etish kabi mavzularga alohida urg‘u berildi.
Mashg‘ulotlar interaktiv usulda tashkil etilib, unda mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish borasida kasaba uyushmalarining vazifalari, ijtimoiy sheriklik, Bosh kelishuv, tarmoq, xududiy kelishuvlar va jamoa shartnomalari, kasaba uyushmasi a’zolik badallarini taqsimlash, kasaba uyushma byudjeti mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizom talablari va “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi Qonun hamda mehnat inspektsiyasiing faoliyati to‘g‘risidagi taqdimotlar tinglovchilarga havola etildi.
Bundan tashqari, korxonalarda mehnat nizolari bo‘yicha Komissiyalar faoliyatini tashkil etish va olib borishning huquqiy asoslari, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlarni rejalashtirish, ish joylarida qulay sharoitlar yaratish va baxtsiz hodisalarni oldini olishda kasaba uyushmalarining vazifalari, bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berish borasida kasaba uyushmalarining vazifalari xaqida baxs-muzokalar olib borildi.
Tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlar bilan birgalikda tinglovchilar uchun madaniy tadbirlar ham tashkil etildi.
Galdagi madaniy tadbirlar negizida tinglovchilar O‘zbekiston kasaba uyushmalarining tarixi muzeyi bilan tanishdilar hamda Toshkent teleminorasiga, “Xumo” arenasiga tashrif buyurdilar.
Mashg‘ulotlar so‘ngida 5 kun davomida o‘tilgan mavzular bo‘yicha test sinovlaridan a’lo darjada o‘tgan 18 nafar tinglovchilarga guvohnomalar topshirilishi qatorida, asosiy e’tiborni xodimlarni huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy himoyasini ta’minlash, munosib mehnat sharoitini yaratishga qaratish hamda madaniy-ma’rifiy, sport-sog‘lomlashtirish ishlariga e’tiborni qaratish borasida qator vazifalar topshirildi.
O‘ylaymizki 5 kun davomida BKUT raislariga berilgan huquqiy ma’lumotlar ularning ish faoliyatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.