"O‘zbekiston pochtasi" AJ Navoiy filiali hamda kasaba uyushma qo‘mitasi bilan hamkorlikda 2022 yil 6 avgust kuni Nurota - Sentob yo‘nalishi bo‘yicha 1 kunlik ziyorat- sayoxat tashkillashtirildi.
Ushbu sayoxatga filial va pochta aloqa bog‘lamalarida uzok yillardan buyon samarali faoliyat yuritib kelayotgan xodimlar hamda faol yoshlar, jami 55 nafar xodim bordilar.
Sayoxat davomida xodimlar Nurota chashma ziyoratgoxini ziyorat kilish bilan birgalikda Sentob qishlog‘ining diqqatga sazovor va so‘lim joylarida bo‘ldilar. Yo‘lboshchi tomonidan berilgan ma’lumotlar asosida bu betakror tabiatli joylarning tarixi bilan tanishdilar.