O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yilda fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida to‘liq dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish, «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish uchun dam olish va bayram kunlaridan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida qabul qilingan farmoniga asosan bir qator sayohatlar amalga oshirildi.
Respublikamizda nishonlangan Qurbon xayiti bayrami munosabati bilan 10-12 iyul kunlari soha korxona, tashkilot va muassasalarida faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlar uchun yurtimizdagi tarixiy obidalar, ziyoratgoxlar va tabiat qo‘yniga sayohatlar uyushtirildi.
Jumladan, "O‘zbektelekom" AK Navoiy va Buxoro filiali ishchi-xodimlari "Zomin" tog‘ bag‘riga, “O‘zbekiston pochtasi” AJ Samarqand filiali ishchi-xodimlari "Nurota Chashma" ziyoratgohiga ichki turizm tashkil etildi.
Ishchi-xodimlar zo‘r kayfiyatda dam olishdi.