Hisobot davrida respublikamizning hududlarida ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayotida misli ko‘rilmagan o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Kasaba uyushmalarining mavqeini yanada oshirish, moddiy-texnik bazasini kuchaytirish, kasaba uyushmalari tuzilmasi va faoliyatini takomillashtirish ishlariga jiddiy e’tibor berilmoqda.
Kasaba uyushmasining asosi boshlang‘ich tashkilotlar ekani hech kimga sir emas. Shu printsipdan kelib chiqib, Respublika kengashi tizimidagi barcha boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlariga doimiy ravishda amaliy yordam ko‘rsatimoqda. Ustav talablarini bajarish yuzasidan ularga keng tushuntirishlar berilmoqda.
Respublika kengashi tomonidan ko‘rsatilgan navbatdagi amaliy yordam Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida faoliyat yuritayotgan tarmoq kasaba uyushmasi xizmatiga olingan korxona va tashkilotlarga bo‘ldi.
Dastlab har bir boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlar faoliyati bilan atroflicha tanishildi, xat-hujjatlarni yuritilishi tahlil etildi hamda aniqlangan kamchiliklarning aksariyatini joyida bartaraf etishda amaliy yordam ko‘rsatildi.
Har bir raisga kasaba uyushma a’zolari bilan ishlash, yoshlar va ayollarga beriladigan qator qo‘shimcha imtiyozlar yuzasidan yanada keng tushuntirishlar berilib, nomenklatura bo‘yicha hujjatlar shakllantirildi.