O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi hamda O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining futzal bo‘yicha ko‘chma kubogi sport musobaqasiga start berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimiga kiruvchi aktsiyadorlik jamiyat, kompaniya, korxona, tashkilot va muassasalar xodimlaridan tuzilgan terma jamoalar o‘rtasida mini futbol (futzal) bo‘yicha ko‘chma Kubok uchun respublika musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish yuzasidan Tashkiliy qo‘mita yig‘ilishiga asosan, mini futbol bo‘yicha ko‘chma Kubok uchun musobaqalar:
2022 yil 7 may kunidan boshlab barcha korxonalarda va ularning tarkibiy bo‘linmalari xodimlari o‘rtasida hamda har haftada bir kun (shanba kunlari) Toshkent shahridagi korxonalar jamoalari o‘rtasida mini futbol (futzal) musobaqasining “O‘tish” va “Saralash” o‘yinlari;
2022 yil sentyabrь-oktyabrь oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi korxona, filial va tashkilotlar jamoalari o‘rtasida;
2022 yil noyabrь oyida “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” bayrami munosabati bilan, respublika bosqich musobaqalari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti sport zalida o‘tkazilishi belgilandi.
Mini futbol (futzal) bo‘yicha ko‘chma Kubok uchun bellashadigan barcha jamoalarga g‘oliblik supasiga ko‘tarilishda omad tilaymiz.
Tashkiliy qo‘mita.