IJTIMOIY ShERIKLIK YaNADA MUSTAHKAMLANDI

Mamlakatimizda yangilanish jarayoni va ijtimoiy taraqqiyot davom etmoqda, xalqimizning turmush sharoiti, dunyoqarashi, huquqiy madaniyati va saviyasi o‘zgarib, fuqarolik faolligi tobora oshib bormoqda.

“2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ni bosqichma-bosqich hayotga izchil tatbiq etishda barcha bo‘g‘indagi kasaba uyushmasi tashkilotlari ish beruvchilar bilan hamkorlikda muayyan ishlarni amalga oshirishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi o‘rtasida Tarmoq, Tarif kelishuvlari va jamoa shartnomalari orqali mehnat munosabatlarini tartibga solish mexanizmini yanada rivojlantirish maqsadida har yili o‘zaro hamkorlik va ijtimoiy sheriklik bo‘yicha qo‘shma tadbirlar rejasi qabul qilindi va bajarilishi ta’minlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan «Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari» tamoyili asosida ishlab chiqilgan 2022−2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi.

Shuning asosida, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi korxona va tashkilotlarda xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari hamda mehnat muhofazasi talablariga rioya etilishi xolatini o‘rganish maqsadida, Vazirlik bilan Respublika kengashi Ijroiya qo‘mitasining 2022 yil 24 yanvardagi qo‘shma buyruq-qaroriga asosan ishchi guruhi tarkibi tasdiqlandi.

Ishchi guruhi va Respublika kengashi mas’ul xodimlari tomonidan Andijon, Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Navoiy hamda Xorazm viloyatlarida faoliyat yuritayotgan korxona va filiallarda, shuningdek ularning tumanlardagi tarkibiy bo‘linmalarida xodimlar mehnat sharoitlari masalasi taxliliy-tanqidiy jihatdan o‘rganib chiqildi.

O‘rganish jarayonida xodimlar bilan ishlash bo‘limi, mehnat muhofazasi bo‘yicha mas’ul xodimlariga, shuningdek, kasaba uyushmasi qo‘mitasi a’zolariga ayrim qonun hujjatlariga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar hamda xodimlarga tegishli bo‘lgan buyruqlarni me’yoriy hujjatlar asosida rasmiylashtirish borasida amaliy yordam ko‘rsatildi.

Ushbu ishlarni tizimli va yanada samarali olib borish maqsadida 2022 yil 18 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi o‘rtasida Yangi shaklda 7ta ustuvor yo‘nalishni amalga oshirish borasida 30ta tadbirdan iborat  “2022 yilga mo‘ljallangan o‘zaro hamkorlik va ijtimoiy sheriklik bo‘yicha qo‘shma tadbirlar rejasi” tasdiqlandi.

Qo‘shma tadbirlar rejasida belgilangan tadbirlarni bajarilishi yuzasidan monitoring olib borish va quyidagi asosiy ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan:

- Ijtimoiy-mehnat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va qonun hujjatlarini takomillashtirish, ularga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini tashkil qilish, aholining huquqiy savodxonligini oshirishda kasaba uyushmalarining faol ishtirokini ta’minlash, sohaga oid ichki (lokal) hujjatlarni amaldagi qonun xujjatlariga muvofiqlashtirish;

- “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” g‘oyasini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilishda ish beruvchilar hamda kasaba uyushma tashkilotlarining izchil va tizimli faoliyatini tashkil etish, aholi turli toifalarini qo‘llab-quvvatlash”

-“Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” Davlat dasturining hayotga tatbiq etilishida faol ishtirok etish”

- Zamonaviy texnologiyalarni va innovatsion g‘oyalarni joriy etish orqali barqaror yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, sohaga taalluqli universitet va  texnikumlar bitiruvchilarini ishga joylashtirish va qo‘nimliligi borasida monitoring olib borish.

- Kasaba uyushmasi a’zolarining ma’naviyatini yuksaltirish, ularni ommaviy tarzda jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish, ichki va tashqi turizmni rivojlantirish, xodimlar va ularning oila a’zolarini sog‘lomlashtirish.

 

Barcha kasaba uyushmasi a’zolarini 2022 yilga belgilangan ustuvor vazifalarni bajarilishida faol ishtirok etishlarini tilab qolamiz.