“O‘zbekiston pochtasi” AJ tashkil topganligining 30 yilligi munosabati bilan bir guruh kasaba uyushma qo‘mitasi raislari hamda pochta xodimlari taqdirlandilar.
“O‘zbekiston pochtasi” AJ tashkil topganligining 30 yilligi munosabati bilan, sohadagi ko‘p yillik samarali mehnati davomida insonlarga nisbatan g‘amxo‘rligi, samimiyligi, tajribasini hayotga oqilona qo‘llashi, ishchi-xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy, mehnat huquqlar va manfaatlarini himoya qilish, ularga sog‘lom mehnat sharoitlarini yaratish, dam olish vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ishchi-xodimlar hamda ularning farzandlarini sog‘lomlashtirish borasida erishgan ijobiy yutuqlarini munosib rag‘batlantirish maqsadida bir guruh kasaba uyushmasi qo‘mitasi raislari O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining “EHTIROM NISHONI” bilan taqdirlandi.
Bular:
- Sattorova Maxbuba Inatovna, “O‘zbekiston pochtasi” AJ Qashqadaryo filiali Fuqaro muxofazasi va safarbarlik ishlari bo‘linmasi boshlig‘i - kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi;
- Maxmudov Murodil, “O‘zbekiston pochtasi” AJ Farg‘ona filiali kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi;
- Islamov Djamshid Firuzovich, “O‘zbekiston pochtasi” AJ “Xalqaro pochtamt” filiali direktori o‘rinbosari - kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi.
Shuningdek, “O‘zbekiston pochtasi” AJ tashkil topganligining 30 yilligi munosabati bilan 28 nafar pochta xodimlari O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining tashakkurnomasi va pul mukofoti bilan taqdirlandi.