Sport – salomatlik garovi

“O‘zbektelekom” AK “TShTT” filiali tasarrufidagi bog‘lamalar ishchi-xodimlari o‘rtasida “Sport – salomatlik garovi” shiori ostida spartakiada o‘tkazildi.

O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi ijroiya qo‘mitasining 2022 yil 10 mart kunidagi “2022 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi 04-44 ”o” sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbektelekom” AK “Toshkent shahar telefon tarmog‘i” filiali va uning tasarrufidagi bog‘lamalarda sport musobaqalarini tashkil etish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, xodimlarning sog‘lom hamda jismonan baquvvat bo‘lishlari uchun sportni kundalik ehtiyojiga aylantirish, xodimlar o‘rtasida sog‘lomlashtirish – profilaktika ishlarini kuchaytirish maqsadida “O‘zbektelekom” AK “TShTT” filiali tasarrufidagi bog‘lamalar ishchi-xodimlari o‘rtasida shaxmat, shashka, stol tennissi bo‘yicha 2022 yil 19 mart kuni musobaqalar o‘tkazildi.

Ushbu musobaqalardada fahrli 1-, 2-, 3-o‘rinni egallagan xodimlar Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan medalь, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan  taqdirlandilar va “TShTT” filiali rahbariyati tomonidan pul mukofoti bilan rag‘batlantirdilar.