Pochta soxasini rivojlantirish uchun bir soat dasturi doirasida

"O‘zbekiston pochtasi" AJ Buxoro filiali direktori va kasaba uyushma qo‘mitasi raisi ishtirokida "Ochiq muloqot" tarzida davra suxbatlari o‘tkazildi.

"O‘zbekiston pochtasi" AJ Buxoro filiali va kasaba uyushma qo‘mitasining 2021 yil 30 dekabrdagi "O‘zbekiston pochtasi" AJ Buxoro filiali tizimidagi shaxar va tuman pochta aloqa bog‘lamalarida pochta soxasini rivojlantirish uchun bir soat dasturi to‘g‘risidagi qo‘shma qaroriga asosan  barcha pochta aloqa bog‘lamalarida tadbir va davra suxbatlari o‘tkazildi.

Joriy yilning 5-6 yanvar kunlari Olot, Qorako‘l, Jondor, Vobkent, Shofirkon, G‘ijduvon tumanlarida, 7- 8-yanvar kunlari Yangibozor, Romitan, Galaosiyo, Kogon tumanlarida, 10- yanvar kuni Buxor shaxar pochta aloqa bog‘lamasida "Ochiq muloqot" tarzida davra suxbati o‘tkazildi hamda bir qator xodimlar taqdirlandilar.