«ALSKOM» sug‘urta kompaniyasiga 25 yil to‘ldi

Oxirgi yillarda mamlakatimizda bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan isloxotlar jarayonida barcha sohalar kabi sug‘urta bozori, undagi raqobat muxitini yil sayin rivojlanishi, bozorning asosiy ko‘rsatkichlari o‘sish sur’atini namoyon qildi.

Xususan, bundan 25 yil avval tashkil etilgan «ALSKOM» sug‘urta kompaniyasi yurtimizdagi ko‘plab saloxiyatga ega bo‘lgan ko‘plab ijtimoiy-iqtisodiy korxona va tashkilotlar qatorida sug‘urta sohasidagi ishonchli kompaniyalarning biriga aylanishga ulgurdi.

Bugungi kunda «ALSKOM» sug‘urta kompaniyasi halqaro amaliyotda qo‘llanadigan sug‘urta xizmatlarining deyarli barcha turlarini amalga oshirib kelayotgan respublikamizning sug‘urta bozorida yirik kompaniyalardan biri hisoblanib, sezilarli moliyaviy zahiralarga, mamlakatimizda filiallar va qayta sug‘urtalash kompaniyalari bilan aloqalarga ega ko‘p tarmoqli, universal sug‘urta kompaniyasi o‘zida mujassam etmoqda.

«ALSKOM» sug‘urta kompaniyasi o‘zining ko‘p yillik tajribasi bilan mijozlarga xalqaro sifat standartlari darajasida xizmat ko‘rsatayotgan, sug‘urta mahsulotlarini yaratish va taqdim etishda muvaffaqiyatlarga va eng muhim keng jamoat, mijozlar orasida yuqori obro‘ va ishonchga erishgan o‘zbek sug‘urta bozorining etakchilaridan biridir.

Kompaniya bosib o‘tgan yo‘lni tahlil etib, qoniqish bilan shuni ta’kidlash mumkinki, butun faoliyati davomida kompaniyada bajarilgan ishlar etarlicha samarali va sermaxsul bo‘ldi. Bu haqda ichki va tashqi bozorlarda Kompaniya mavkeining mustahkamlanganligi, sug‘urta va qayta sug‘urtalash operatsiyalarining kengayganligi, mijozlar bazasini barqaror o‘sishidan dalolat bermoqda.

Shuni alohida takidlash joizki, kompaniyada faoliyat yuritayotgan  ijodiy fikrlovchi faol xodimlar mehnati bugungi kunda kompaniya muvofaqqiyatining mustahkam asosi va garoviga aylangan.

Xususan, aynan jamoaning xarakatchanligi, moslashuvchanligi va kasbiy tayyorgarligi kompaniyaning ertangi kuniga, davlatimiz tanlagan iqtisodiy o‘sish va barqaror taraqqiyotga erishish yo‘lini muvofaqqiyatli o‘tishiga imkoniyat beradi.

Kompaniyaning Boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti bilan hamkorlikda ijtimoiy sheriklikning shakl va uslublarini takomillashtirish, ijtimoiy-mehnat munosabatlarini tartibga solish, mehnatkashlarni ijtimoiy, huquqiy manfaatlarini himoyalash, ularga munosib ish joylarini yaratish, sog‘lomlashtirish, madaniy-sport tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etishdagi ijobiy natijalarni alohida e’tirof etgan holda, O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi “ALSKOM” sug‘urta kompaniyasi mehnat jamoasiga samimiy minnatdorlik bildiradi.

Shuningdek, sohamizning barcha kasaba uyushmasi a’zolari nomidan “ALSKOM” sug‘urta kompaniyasi va uning jamoa a’zolarini 25 yillik yubiley bilan samimiy muborakbod etamiz. Barchangizga yurtimiz, xalqimiz farovonligi yo‘lida qilayotgan xizmatlaringizda omad yor bo‘lishini tilaymiz. Oilalarga baxt, mustahkam sog‘liq, ishlarda kattadan-katta muvaffaqiyatlar har doim hamrohingiz bo‘lishini tilab qolamiz!

Yana bir bor, bayram muborak bo‘lsin!