O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining 2021 yil 2 dekabr kuni tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, joriy yilning 6 dekabrida, “Xavfsiz shaxar” jamoatchilikka ko‘maklashish Markazida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga bag‘ishlangan targ‘ibot mashg‘uloti o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda Respublika kengashining bosh yuriskonsulьti A.M.Axmedov ishtirok etib, “Konstitutsiya – xuquq va erkinliklarimiz kafolati” mavzusida, ma’ruza qildi.
1992 yil 8 dekabrda mamlakatimizning Asosiy Qonuni – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinib, mustaqil va suveren O‘zbekiston Respublikasini barpo etishning mustahkam xuquqiy asosi yaratilgan edi.
Mustaqillik Qomusi nomini olgan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi - respublikamizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mustahkam xuquqiy asosi bo‘lib, yurtimizda demokratik xuquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirishning asosiy tamoyillarini belgilab beradi.
Ochiq muloqot va erkin fikr almashuv tarzida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida Markaz direktorining birinchi o‘rinbosari U.Kulonov yangilanayotgan O‘zbekistonni barpo etishda Konstitutsiyaning o‘rni va ahamiyatini anglash, ozod va obod Vatanda faxrlanib yashash shukronasini va chin vatanparvarlik g‘oyasini yoshlar ongiga singdirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.
Shuningdek, Markaz yuriskonsulьti N.Fazilova tomonidan tayyorlangan Konstitutsiya tarixiga va mazmun-mohiyatiga oid videolavhalar ishtirokchilarda katta qiziqish o‘yg‘otdi.
Inson xuquqlari umumjahon Deklaratsiyasi va halqaro xuquqning boshqa asosiy xujjatlariga mos bo‘lgan, shuningdek o‘zbek davlatchiligi rivojining boy tarixiy tajribasiga tayangan holda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi inson xuquqlari va manfaatlari oliy qadriyat ekanligini, fuqarolarning erki, xuquq va manfaatlari davlat manfaatlaridan ustunligining qonuniy kafolatidir.