Joriy yilning 1 dekabr kuni universitet rektori B.Maxkamov tashabbusi bilan universitetning elga taniqli faxriy olimlari, akademiklar, professorlar va ustoz-murabbiylari bir davraga yig‘ildilar.
Mazkur davra suhbatida TАTU rahbariyati tomonidan ilmiy va intelektual salohiyatni, moliyaviy resurslarni to‘liq safarbar etgan holda universitetni kelgusida jadal rivojlantirish, istiqbolda universitetni respublika va xalqaro reytinglarda nufuzli oliy o‘quv yurtiga aylantirish, axborot va kompьyuter texnologiyalari sohasida zamonaviy bilimga ega va mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash, o‘quv-metodik-ilmiy infratuzilmani modernizatsiya qilish ishlarini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish kabilar asosida rivojlanish strategiyalarining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha taqdimot qilindi. Faxriylarimiz, ustozlarimiz tomonidan mazkur strategiya bo‘yicha qizg‘in munozaralar bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda ustoz faxriylarimiz tomonidan universitetning ustuvor maqsadli ko‘rsatkichlariga erishishni taʼminlash, ilmiy faoliyat natijadorligini oshirish, ustuvor yo‘nalishlarda o‘z ilmiy maktablarini tashkil etish va rivojlantirish, АKT va raqamlashtirish sohasida tajribali va malakali ustozlar, hamda xalqaro tajribalarni keng targ‘ib etish, innovatsion salohiyatni oshirish va istiqbolli ilmiy loyihalarda faol qatnashish kabilar boʼyicha fikr mulohazalar bildirildi.
Mazkur yigʼilish faxriylar uchun tashkil etilgan bir piyola choy ustida yanada qizg‘in davom etdi.