Har yili “3 dekabr Xalqaro imkoniyati cheklangan insonlar kuni” butun dunyo davlatlarida nishonlanadi.
Ushbu kun ijtimoiy hayotning barcha sohalarida nogironlarning huquqlarini rag‘batlantirish, shuningdek, nogironlar muammolariga keng jamoatchilik e’tiborini jalb etishga qaratilgan.
Xalqaro imkoniyati cheklangan insonlar kuni doirasida “UNICON.UZ” DUK xodimlari 103-sonli Imkoniyati cheklangan bolalar uchun maxsus maktab-internatga tashrif buyurishdi. Uchrashuv iliq va do‘stona ruhda o‘tdi va bolalarga sovg‘alar topshirildi.