Mamlakatimizda kechayotgan yangilanish va o‘zgarishlarda eng katta jamoat tashkiloti bo‘lmish kasaba uyushmalarining ham munosib hissasi bor. O‘tgan besh yil kasaba uyushmalari hayotida tub burilishlar davri bo‘ldi. Ayni paytda soha tizimida 230 boshlang‘ich tashkilot faoliyat ko‘rsatib, ularda 65 ming nafardan ziyod a’zo mehnat qilayotir.
2019 yilning 6 dekabrida davlatimiz rahbari tomonidan «Kasaba uyushmalari to‘g‘risida»gi qonun imzolandi. Bu kasaba uyushmalariga xodimlarning ijtimoiy-mehnat sohasidagi huquqlarini himoya qilish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishidagi faoliyatini yuqori bosqichga olib chiqish uchun yanada katta imkoniyatlar eshigini ochdi.
Kasaba uyushmalarining mehnat inspektsiyasi qayta tiklandi. Sohani etuk va malakali kadrlar bilan ta’minlash maqsadida Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasi tashkil etildi. O‘tgan yilning 11 noyabrida mustaqil davlatimiz tarixida ilk bor davlat rahbari kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qurultoyi qatnashchilariga tabrik yo‘lladi. 2020 yil 23 noyabrdagi qonun bilan esa 11 noyabrь – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni sifatida belgilandi.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan yakunlanayotgan yil sarhisobi sifatida o‘zining munosib mehnatlari bilan vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi, shuningdek, kasaba uyushmalari harakati rivojiga hissa qo‘shgan eng faol, eng fidoyi, eng tashabbuskor insonlar mehnatini e’tirof etish an’anaga aylandi.
Joriy yilning 11 noyabr kuni “Kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan tashkil etilgan tantanali tadbir davomida Vatan taraqqiyoti, uning qudratini yuksaltirish yo‘lida fidoiylik ko‘rsatib kelayotgan, kasaba uyushmalari nufuzini oshirishga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh faollar O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining “Ehtirom nishoni” bilan taqdirlandi.
Quvonarlisi “Ehtirom nishoni” sovindorlarini taqdirlash tadbirida soha mehnatkashlarini ma’naviyati va madaniyatini yuksaltirish, xodimlar farzandlarini sog‘lomlashtirish, oilaviy teatr, kontsert, muzeylarga tashriflar, ma’rifiy va sport tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazilishidagi faol ishtiroki uchun Respublika miqyosida nufuzini oshirishga salmoqli hissa Respublika kengashining tashkiliy ishlar bo‘yicha mutaxassisi Gulyamova Gulchehra Ermatovna Federatsiya Kengashining alohida ehtiromiga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, joriy yildan e’tiboran samarali mehnati, erishgan yutuqlari bilan sohalarda hamda kasaba uyushmalarining nufuzini yuksaltirishga hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh soha vakillarini munosib taqdirlash maqsadida «O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi laureati» mukofoti ta’sis etildi.
Bundan buyon mazkur mukofot har yili soha fidoiylariga topshirib borilishi ta’kidlab o‘tilgan tadbirda ushbu mukofotning dastlabki sovrindorlari taqdirlandi.
Sohamizdan «O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi laureati» mukofoti «Digital Holding» mas’uliyati cheklangan jamiyati qo‘shma korxonasi Bosh direktori Kravchenko Vladimir Vladimirovichga nasib etdi.
Mukofotlar muborak bo‘lsin!