Bayram arafasida

11 noyabr – “Kasaba uyushmalari kuni” arafasida vazirlikning Navoiy va Jizzax viloyatlari hududiy boshqarmalari hamda Respublika kengashining hudud bo‘yicha kuratorlari hamkorligida soha yoshlari uchun zamonaviy axborot texnologiyalari qurilmalari ishlab chiqaruvchi korxonalarga ekskursiya tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Axbort texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziriligi bilan O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining  2021 yilga mo‘ljallangan o‘zaro hamkorlik va ijtimoiy sheriklik bo‘yicha Qo‘shma tadbirlar rejasining 47-bandiga asosan Navoiy va Jizzax viloyatidagi soha korxona, tashkilot va muassasalarida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlarni  kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng jalb qilish, kelajakda munosib ish joylarini topishga ko‘maklashish maqsadida "Erkin iqtisodiy zona"laridagi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasida yangidan-yangi zamonaviy qurilmalar, texnik vositalari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxonalar hamda “IT-park” faoliyati bilan yaqindan tanishtirildilar.

Ekskursiya jarayonida yoshlarga korxonalar ish faoliyati bo‘yicha mazkur korxonalarning mutaxassislari tomonidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Ushbu tadbirlarda jami 100 nafarga yaqin soha yoshlari ishtirok etishdi.