Shaxmat musobaqasi

Bugun ya’ni 16 oktyabr kuni O‘zbekiston Shaxmat Federatsiyasi binosida AT "Aloqabank" xodimlari o‘rtasida Aloqabank Kasaba uyushmasi hamda Aloqabank Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan shaxmat musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqa Toshkent shahar Hududiy kompleks xizmatlar ko‘rsatish markazlari va Bosh ofis xodimlari ishtirokida Toshkent hududiy birinchiligi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa mobaynida xodimlar faol qatnashib, g‘oliblar estalik sovg‘alarini qo‘lga kiritishdi.