KO‘ChMA KUBOK POYTAXTLIK TELEKOMChILARGA NASIB QILDI

Yigirma yildan ziyod vaqt davomida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi bilan hamkorlikda ta’sis etilgan mini futbol (futzal) bo‘yicha ko‘chma Kubok uchun soha korxonalari o‘rtasida jamoalararo musobaqalar o‘tkazib kelinadi.

Musobaqalarning o‘tkazilishidan maqsad sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish, ichki tuzimni rivojlantirish hamda musobaqa ishtirokchilarini  respublikamizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari hamda tarixiy qadamjolarga sayohatlarini uyushtirish ko‘zda tutilgan. 

Soha xodimlari o‘rtasida an’anaga aylangan sport musobaqlarini o‘tkazish maqsadida 2021 yil 7 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri hamda  Tashkiliy qo‘mita raisi tomonidan tegishli qaror tasdiqlandi. Uning ijrosini ta’minlash maqsadida  Toshkent shahridagi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalar xodimlaridan tuzilgan jamoalar o‘rtasida 15-22 sentyabr kunlari mini futbol (futzal) bo‘yicha “Saralash” va “O‘tish” turniri Muhammad al-Xorzamiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti sport zalida yuqori saviyada o‘tkazildi.

Musobaqalar mandat komissiyasiga “O‘tish” turnirida ishtirok etish uchun jami 16ta korxona tomonidan talabnoma (buyurtma) va tegishli hujjatlar taqdim etildi. Qur’a tashlash natijasida jamoalar 4ta guruhga bo‘lingan holda ular o‘rtasida belgilangan jadval asosida o‘yinlar tashkil etildi.

Shu jumladan, istisno tariqasida sobiq Respublika kengashi xizmat doirasida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi axborotlashtirish va telekommunikatsiya sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspektsiyasi boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti jamoasiga ishtirok etishiga ruxsat berildi. 

Musobaqalarda ilk bor boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti tuzilgan va Respublika kengashi xizmat doirasiga olingan IT-Park, Toshkentdagi INHA universiteti jamoalari juda katta taasurrot qoldirdi. 

Ayniqsa, respublika hududida faoliyat yuritayotgan mobil operatorlar, ya’ni “O‘zbektelekom” AK “O‘zmobayl” filiali, “Ucell”, “Mobiuz” va “Radioaloqa,  radioeshittirish va televidenie markazi” DUK jamoalari a’zolarining oldingi yillarga nisabatan mahorati va salohiyati oshganligini alohida ta’kidlash joiz. 

“Saralash” turnirida ishtirok etish va respublika bosqichiga yo‘llanmani olish uchun 8ta korxona tomonidan  talabnoma va tegishli hujjatlar taqdim etildi.

Qur’a tashlash natijasida jamoalar 2ta guruhga bo‘lingan holda belgilangan jadval asosida o‘yinlar o‘tkazildi.

“Saralash” turnirida guruhlarda birinchi o‘rinni egalangan “O‘zbektelekom” AK “TShTT-1” filiali va  AT “Aloqabank” jamoalari hamda mazkur guruhlarda ikkinchi o‘rinni egalangan “O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi” va “ALCKOM” SK jamoalari o‘yin natijalariga ko‘ra, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan “O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi” jamoasi respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

“Saralash” va “O‘tish” turnirida ishtirok etgan 24ta jamoaga nominatsiyalar bo‘yicha tegishli diplomlar, jami 240 nafar ishtirokchiga Tashkiliy qo‘mita tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Hududlarda ham musboqlar quyidagi jadvaldagi tartibda ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘td va g‘oliblar aniqlandi.

Mini futbol (futzal) bo‘yicha ko‘chma kubok uchun hududlararo musobaqalar jadvali

T/r

Hudud (viloyat) nomi

O‘tkazish joyi

Respublika bosqichida ishtirok etadigan jamoa

1-Hudud

1.

  Andijon

Farg‘ona shahri

G‘olib jamoa - Farg‘ona

2.

  Farg‘ona

3.

  Namangan

2-Hudud

1.

  Jizzax

Jizzax shahri

G‘olib jamoa - Jizzax

2.

  Sirdaryo

3.

  Toshkent viloyati

3-Hudud

1.

  Buxoro

Navoiy shahri

G‘olib jamoa - Samarqand

2.

  Navoiy

3.

  Samarqand

4-Hudud

1.

  Qashqadaryo

Qarshi shahri

G‘olib jamoa - Qashqadaryo

2.

  Surxondaryo

5-Hudud

1.

  Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Urganch shahri

G‘olib jamoa - Qoraqalpog‘iston

2.

  Xorazm

6-Hudud

1.

  Toshkent shahridagi kamida 16 ta

  jamoa “O‘tish” turniri

Toshkent shahri

3 ta g‘olib jamoa – “TShTT”, “Aloqabank”, MTRK

2.

  Toshkent shahridagi 8 ta jamoa

  “Saralash” turniri

 

Va nihoyat 7 oktyabr kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetining sport zalida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi korxona, tashkilot va muassasalar xodimlaridan tuzilgan terma jamoalar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha ko‘chma kubok uchun “Aloqa sohasi kubogi-2021” Respublika final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tashkiliy qo‘mita a’zolaridan O‘zbekiston Respublkasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos, O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiyalar xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Asror Ishanxodjaev, musobaqa bosh hakami Tohir Iminov, TATU rektori Baxtiyor Mahkamov hamda o‘zbek futboli yulduzi Mirjalol Qosimovlar ishtirok etdi.

Final bosqichida 1-o‘rin “O‘zbektelekom” AK “TShTT” filialiga, 2-o‘rin AT “Aloqabank” jamoasiga nasib etdi. Uchinchi o‘ringa esa ikkita jamoa – MTRK hamda Farg‘ona viloyati jamoalari loyiq topildi.

O‘zbekiston Respublkasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos hamda O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiyalar xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Asror Ishanxodjaevlar musobaqa g‘olibi “TShTT” jamoasiga Ko‘chma kubokni topshirishdi va barcha sport musobaqasi ishtirokchilarni qutlab, ishlariga omad tilashdi.

Tashkiliy qo‘mita tomonidan g‘olib jamoa a’zolariga qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

                                                                          

                  Solijon ZOIROV,

“Xabar” muxbiri

                                                                                             Muallif olgan suratlar.