Mini futbol(futzal) bo‘yicha turnir yakunland

Mini futbol(futzal) bo‘yicha ko‘chma kubok uchun Toshkent shahridagi korxonalar o‘rtasidagi turnir yakunlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi hamkorlikda 20 yil mobaynida soha korxonlari xodimlari o‘rtasida mini futbol (futzal) bo‘yicha musobaqalarini tizimli ravishda o‘tkazib kelmoqda.

Aloqa va axborotlashtirish sohasidagi korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat yuritayotgan xodimlar o‘rtasida turli xil sport musobaqalarini o‘tkazish orqali sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlardan oqilona foydalanish, jismoniy tarbiya va sportni soha xodimlarining kundalik turmush tarziga aylantirish hamda yanada ommalashtirishga yo‘naltirilgan.

Joriy yilning 7 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri, Tashkiliy qo‘mita raisi tomonidan tasdiqlangan Tashkiliy qo‘mita qarori bilan, Toshkent shahridaga Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalar xodimlaridan tuzilgan jamoalar o‘rtasida 2021 yil 15 – 22 sentyabr kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti sport zalida mini futbol (futzal) bo‘yicha musobaqalar yuqori saviyada o‘tkazildi.

Mazkur musobaqalarda jami 24 jamoa tarkibida 240 ta xodim ishtirok etdi.

Qiziqarli o‘tkazilgan o‘yinlar natijasida “O‘zbektelekom” AK “TShTT” filialining “TShTT-1”, AT “Aloqabank” va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi jamoalari g‘olib bo‘lib respublika final bosqichi musobaqasida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Shuningdek, musobaqaning “O‘tish” turniri yakuni bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK jamoasi 1-o‘rin, “O‘zbektelekom” AK “Uzmobile” filiali jamoasi 2-o‘rin, Vazirlik va “O‘zbektelekom” AK “Bosh kommutatsiya markazi” filiali jamoalari 3-o‘rinni egallashdi.

Musobaqaning barcha ishtirokchilari Tashkiliy qo‘mita tomonidan esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.