"Uzbektelecom" AK hamda kompaniyaning filiallarida faoliyat yuritayotgan xodimlar Chorvoq tog‘ yonbag‘rlarida joylashgan "Ugam oromgohi" sanatoriysida dam oldirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziriligi hamda O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi ijtimoiy sheriklik tamoyili asosida vazirilik tizimidagi aktsiyadorlik jamiyatlarda, kompaniyalarda va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari va manfaatlarini himoya, ularni ijtimliy qo‘llab-quuvatlash, sog‘lomlashtirish ishlari Tarmoq, Tarif kelishuvlari va jamoa shartnomalari orqali amalga oshirish tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilgan.
Shu boiz, soxa tizimida faoliyat ko‘rsatuvchi korxona va tashkilotlar ishchi xodimlarini keng ko‘lamda sog‘lomlashtirishni tashkillashtirish uchun qator tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Xususan, "Uzbektelecom" AK hamda kompaniyaning filiallarida faoliyat yuritayotgan xodimlar Chorvoq tog‘ yonbag‘rlarida joylashgan "Ugam oromgohi" sanatoriysida dam oldirilmoqda. Mazkur ishlar joriy yilning dekabrь oyiga qadar amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar 403 nafar xodimlar va ularning oila a’zolarini sog‘lomlashtirishga erishildi.