“O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi PF-6122-son “2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmoniga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi farmonga binoan joriy yilning 1 sentyabridan boshlab 5 kun dam olish kunlari e’lon qilindi.
Shu munosabat bilan, sohamizning kasaba uyushmasi qo‘mitalari tomonidan “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida mehnatkashlarning faol dam olishlari uchun qulay sharoitlarni yaratish maqsadida tarixiy shaharlarga sayoxatlar uyushtirildi.
Xususan, Abdulla Qodiriy nomidagi Navoiy viloyat axborot - kutubxona markazi kasaba uyushmasi qo‘mitasi bayram arafasida xodimlarga tuxfa tariqasida Buxoro shahrining diqqatga sazovar bo‘lgan joylariga sayohat uyushtirdi. Ziyoratga ko‘p yillar davomida axborot kutubxona markazida faoliyat ko‘rsatgan faxriy pensionerlar ham taklif qilindi. Sayohatga jalb etilgan markaz xodimlari katta taasurot, ko‘tarinki ruh va unutilmas xotirlar bilan qaytdilar.
"O‘zbekiston pochtasi" AJ Samarqand filiali ishchi xodimlari Mustaqilligimizni 30 yillik bayrami munosabati bilan 2021 yil 2-3 sentyabr kunlari "Azim Toshkent" shaxriga tashrif buyurishdi.
"O‘zbektelekom" AK Farg‘ona filiali xodimlarining sayohatlari esa azim Samarqand shahriga bo‘ldi.