Sportning mini futbol, shaxmat-shashka va stol tennisi turlari bo‘yicha musobaqalari tashkil etildi.
“Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanish hamda sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha xayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish orqali xar bir fuqaroda kasallikka qarshi kuchli immun tizimi paydo bo‘lishini ta’minlash. Zararli odatlardan voz kechish, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga amal qilish, tiklash va reabilitatsiya ishlari hamda ommaviy jismoniy faollik tadbirlarini tizimli va samarali tashkil qilish va “Sog‘lom turmush tarzi” platformasini yaratish maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va “Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie markazi” Davlat unitar korxonasining korxonada sport musobaqalarini tadbiq qilishga doir buyruqlari ijrosini ta’minlash hamda Toshkent radioteleuzatish markazida xodimlarni turli sport turlari bilan shug‘ullanishlarini tashkillashtirish maqsadida 2021 yilning 1-5 iyun kunlari korxonamizda “mini futbol”, “shashka”, “shaxmat” va “stol tennisi” sport turlari bo‘yicha musobaqalari tashkillashtirildi.
Bo‘lib o‘tgan musobaqada xodimlar faol ishtirok etdilar va munosib o‘rinlarni egalladilar. Musobaqa yakunida “shashka”, “shaxmat”, “stol tennisi” va “mini futbol” sport turlari bo‘yicha sovrinli o‘rinlarni egallagan xodimlar korxonamiz tomonidan maxsus sertifikat va qimmatbaxo sovg‘alar bilan taqdirlandilar.