O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi tizimida faoliyat yuritayotgan boshlang‘ich tashkilotlarda kasaba uyushma faollarining xuquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha ishlar tizimli ravishda olib borilmoqda.
Jumladan, joriy yilning fevral-may oylarida Respublika kengashi rahbariyatining topshirig‘iga va tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq, hamkor Vazirlik mas’ul xodimlari va ish beruvchilar vakillari ishtirokida viloyatlar va Toshkent shahridagi 28 ta korxona va tashkilotlarda xodimlar bilan bevosita ochiq muloqotlar, davra suhbatlar va xuquqiy mashg‘ulotlar tashkil etilib, ularda qiyofasi yangilanib borayotgan yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli xuquqiy islohotlar, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand toifalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida qabul qilinayotgan normativ-xuquqiy xujjatlar ahamiyatini tushuntirish bo‘yicha targ‘ibot ishlari savol-javoblar, muhokama va munozaralar tarzida o‘tkazilgan.
Misol uchun, 2021 yilning fevral-mart oylarida “UNICON.UZ” - davlat unitar korxonasi hamda Toshkent axborot texnologiyalari Universitetida boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida” qonuni mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida davra suhbati va o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi, 70 nafardan ko‘proq ishtirokchilarga ushbu qonun va fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlariga oid normativ-me’yoriy xujjatlar to‘g‘risida ma’lumotlar ko‘rgazmali tarzda, “slaydlar” vositasida berildi.
Qayd etish joizki, yangi tahrirdagi “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida” qonun 2019 yilning 6 dekabrь kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan va 2020 yil 7 mart kunidan amalga kirilgan. Mazkur Qonun 9 ta bob, 56 ta moddadan iborat bo‘lib, u avvalgi qonunga nisbatan mazmunan takomillashirilgani, yangi qoidalar va normalarni o‘z ichiga olgani bilan ahamiyatlidir.