1 iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni eng quvonchli bayram sifatida butun dunyo bo‘ylab keng nishonlanadi. Navqiron avlodning kamoloti yo‘lida g‘amxo‘rlik va e’tibor ko‘rsatish, ularning ijodiy –intelektual salohiyatini yuksaltirish, ijtimoiy xolati, millatidan qat’i nazar, bolalarning ezgu orzulari ijobati yo‘lida keng imkoniyatlar eshigini ochib berish davlatimiz siyosatining ustvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan.
Aslida o‘sib kelayotgan yosh avlodni himoya qilish zamirida hayotni, uning davomiyligini asrab-avaylash mohiyati yotadi. Ular to‘g‘risidagi har qanday g‘amxo‘rlik esa yurt ravnaqi uchun qo‘yilayotgan mustahkam poydevor demakdir. Bugun ertamiz egalariga ko‘rsatilayotgan e’tibor kelajakda ularning Vataniga sadoqatli, jismonan va ma’nan barkamol bo‘lib etishishida muhim omil hisoblanadi.
Bolalar huquqlarini xalqaro-huquqiy asoslari haqida gap borarkan, bu borada 1989 yil 20 noyabrda qabul qilingan BMT bolalar huquqlari to‘g‘risidagi Konventsiyani O‘zbekiston Respublikasi 1992 yil 9 dekabrida ratifikatsiya qilinganligini eslab o‘tish joiz. Mazkur hujjat bola huquqlari sohasidagi milliy qonunchilikni rivojlantirishning mukammal andozasi bo‘lib, mamlakatimizda bola huquqlarini himoya qilish tizimini bosqichma-bosqich islox etish va qonunchilikni takomillashtirishga jiddiy e’tibor qaratib kelinmoqda.
Shu kunga qadar yurtimizda voyaga etmaganlarni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashni ko‘zda tutuvchi qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, ularni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish, mustaqilligimiz va tinchligimizga rahna soluvchi harakatlarga qarshi targ‘ibot-tashviqot ishlarini yil bo‘yi manzilli tashkil etishda hamda milliy qadriyat va urf-odatlarni yosh avlod ongiga singdirishda kasaba uyushmalarining faol ishtiroki ta’minlanmoqda.
Bolalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun qulay shart-sharoit yaratish, qiziqishlari bo‘yicha to‘g‘ri yo‘naltirish, sportga jalb qilish, sog‘lomlashtirish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Joriy yilning 1 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining 2021 yilga mo‘ljallangan o‘zaro hamkorlik va ijtimoiy sheriklik bo‘yicha qo‘shma tadbirlar rejasining 53-bandi asosan Jizzax shahridagi zamon talabiga to‘liq javob beradigan qilib to‘liq ta’mirdan chiqarilgan 29-sonli Mehribonlik uyiga tashrifi amalga oshirildi.
Jumladan, Respublika kengashi tomonidan tashkil etilgan mazkur tashrif jarayonida Respublika kengashi raisi A.Ishanxodjaev, yoshlar masalalari bo‘yicha rais maslahatchisi M.Xaydarovlar mehribonlik uyi tarbiyalanuvilarini bayram bilan tabriklab, bolalarjonlarga qulay shariot yaratish maqsadida maishiy texnikalar hamda bolalarga mo‘ljallangan adabiy, tasavvurni kengaytiruvchi va chet tillarini o‘rganishga yordam beruvchi kitoblar taqdim etdi.
Biz bir narsani unutmasligimiz kerak. O‘zbek xalqi azal-azaldan bolajon xalqdir. Yurtimizning qaysi bir go‘shasiga bormang, bolalarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklarning guvoxi bo‘lasiz.
Farzandlar ko‘zidagi quvonchni ko‘rib, qalbingizga faxr va g‘ururga to‘ladi. Yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda, ularn turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilishda hamda milliy qadriyatlarni yosh avlod ongiga singdirishda kasaba uyushmalari xarakatlari doimiy bo‘ladi.