Toshkent shahriga “IT- Sayohat”

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali direktorining o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari D.K.Yakubjanova rahbarligidagi bir guruh professor- o‘qituvchilar va xodimlar, Samarqand axborot texnologiyalari texnikumi, TATU Samarqand filiali akademik litseyi, axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan 9-umumta’lim maktabi hamda Samarqand shahridagi “IT park” mutaxassislari ishtirokida Toshkent shahriga “IT - Sayohat” uyushtirildi.

Sayohatchilarni  Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori Aripjanov Fayzulla Abdullaevich hamda universitetning kasaba uyushmasi raisi Bahodir Umurzaqovlar  iliq kutib oldilar.

Sayohat universitetning so‘nggi zamonaviy qurilmalar bilan jihozlangan televideniya studiyasi bilan tanishishdan boshlandi. Sayohatchilar studiyada tasvirga olish,  ovoz yozish,  montaj ishlari hamda  video-audio elektron darslarni tayyorlash yangi zamonaviy texnologiyalar asosida amalga oshirilayotganligi bilan shuningdek, universitetning boshqa zamonaviy jihozlangan amaliyot xonalari bilan ham tanishdilar.  

INHA universitetiga bo‘lgan sayohatda universitet rektori vazifasini bajaruvchi Djalalov Muzaffar Muxitdinovich bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.  Uchrashuvda universitetda o‘quv ishlarining tashkil etilishi,  universitet talabalari uchun yaratilgan shart-sharoitlar,  professor-o‘qituvchilarning talabalar bilan ishlashida va ularga qo‘yilgan talablar haqida so‘z yuritildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalari sohasiga ixtisoslashgan IT –maktabga tashrif davomida maktabda  matematika,  informatika,  fizika va ingliz tili chuqur o‘rgatilishi, maktabga o‘quvchilar 5-sinfdan boshlab tanlov asosida test sinovlari orqali qabul qilinishi,  maktab o‘quvchilari olayotgan nazariy bilimlarini IT laboratoriyalaridan foydalanib,  maktab chog‘idayoq o‘z loyihalarini ishlab chiqishlari hamda maktab bitiruvchilari ingliz tilidan IELTS imtihonlarini maktabning o‘zida topshirib,  sertifikatlarga ega bo‘lishilari mumkinligi tushuntirib o‘tildi. 

AMITY universiteti rektori Abdullayev Bobur Sagdullaevichning sayohatchilarga qilgan keng va mazmunli ma’ruzasida universitetning barcha jabhalarda olib borilayotgan ishlarini batafsil  bayon qilib berdi.

Ta’lim tizimi xodimlaridan tashkil topgan guruhning Toshkent shahriga bo‘lgan  “IT - Sayohat” barcha tashrif buyurgan vakillar dunyoqarashini o‘zgartirgan holda,  ta’lim sifatiga bo‘lgan e’tiborini yanada oshirdi.  O‘zlarining yo‘nalishlarida albatta yuqorida tashrif buyurgan ta’lim dargohlaridan andoza olgan holda ish yuritishlari va ta’lim sifatini yanada yaxshilashga alohida e’tibor qaratish kerakligi haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

 

TATU Samarqand filiali Axborot xizmati