28 aprel "Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni”

“O‘zbektelekom” AK Navoiy filialida 28 aprel "Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan “Inqirozni ko‘ra bilib, tayyorgarlik ko‘rish va unga qarshi kurashish-barqaror xavfsizlik tizimlariga sarmoya kiritish” mavzusida videokonferents aloqa tizimi orqali filial boshqaruv apparati, shahar va tuman telekommunikatsiya bog‘lamalari xodimlar ishtirokida davra suxbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida Navoiy viloyat bandlik bosh boshqarmasi davlat mehnat inspektsiyasi inspektori Olim Kenjaev,  Davlat mehnat inspektsiyasi inspektori Akmal Abdiev, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Navoiy viloyati Kengashi  mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha  mutaxassisi Xamza Eshonqulovlar ishtirok etishdi.