Sport-salomatlik va go‘zallik

"Sport-salomatlik va go‘zallik" shiori ostida 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan "O‘zbektelekom" AK Samarqand filialida faoliyat yuritayotgan ayollar o‘rtasida sportning shashka, shaxmat, stol tennisi va boshqa turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.

Qizg‘in va do‘stona ruhda o‘tgan musobaqalarning g‘oliblarini taqdirlash va rag‘batlantirish joriy yilning 5 mart kuni filialning bayramga bag‘ishlangan tadbirida o‘tkazildi.

Musobaqa yakunlari bo‘yicha 1-, 2-, 3-o‘rin g‘oliblari hamda qo‘shimcha nominatsiyalar bo‘yicha ishtirokchilar kasaba uyushma qo‘mitasining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Bundan tashqari filial va tasarrufidagi shahar va tuman telekommunikatsiya bog‘lamalarida mehnat qilayotgan barcha ayollar bayram munosabati bilan esdalik sovg‘alari bilan  rag‘batlantirildi.