Joriy yilning 22-26 fevralь kunlari Jamiyat tizimidagi filiallar direktorlari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.
“O‘zbekiston pochtasi” AJ hamda O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi o‘rtasida imzolangan Tarif kelishuvining 5.6.9. bandiga asosan “Jamiyat tomonidan tashkil etiladigan o‘quv mashg‘ulotlarida “Kasaba uyushma soati” darsini joriy etish orqali O‘zbekiston Respublikasida mehnat munosabatlariga doir qonunlar, shu jumladan “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi qonunni mazmun-mohiyatini xodimlar o‘rtasida targ‘ib qilish, “Xalqaro va milliy mehnat standartlari” mavzusida o‘quv darslari” tizimli ravishda o‘tkazib kelinmoqda.
Joriy yilning 22-26 fevral kunlari Jamiyat tizimidagi filiallar direktorlari uchun Toshkent viloyati, Qibray tumanida yangidan barpo etilgan “Navbahor” sog‘lomlashtirish maskanida o‘quv-seminar tashkil etildi, o‘quv-seminar jarayonidan bo‘sh vaqtlarda ishtirokchilarni sog‘lomlashtirish va boshqa madaniy tadbirlar o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri tomonidan o‘quv dasturi tasdiqlanib, mazkur o‘quv dasturi mavzulari bo‘yicha Oliy Majlis deputatlari, Senatorlar, turli yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan professorlar jalb etilgan.
O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi A.Ishanxodjaev tomonidan o‘quv mashg‘ulot ishtirokchilariga boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi Qonunni, Tarmoq kelishuvi va Respublika kengashi tomonidan ishlab chiqilgan Uslubiy qo‘llanma chop etilib barcha boshlang‘ich tashkilotlarga etkazilganligini ma’lum qildi.
Respublika kengashi bosh mutaxassisi Yu.Gapurov Kasaba uyushmalari tomonidan xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari himoyasi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, Jamoa kelishuvlari va shartnomalarini qabul qilish tartibi, ayniqsa yangi tahrirdagi “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi Qonunni va 2019-2020 yillar mobaynida qabul qilingan Farmonlar, Qarorlar mazmun-mohiyatini slaydlar orqali tushuntirishlar hamda tegishli tavsiyalar berildi.
O‘quv-seminar ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga atroflicha va amaldagi qonun hujjatlari asosida javob berildi.