Joriy yilning 1 fevralidan boshlab belgilangan jadval asosida soha tizimidagi korxona va tashkilotlarda Tarmoq, Tarif kelishuvlari, Yagona jamoa shartnomasi va qo‘shma qarorlar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tahliliy-tanqidiy o‘rganilib, 2020 yil yakuni bo‘yicha jamoa shartnomalarida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan mehnat jamoalarining konferentsiyalari o‘tkazilib kelinmoqda.
Xususan, “O‘zbektelekom” AK, “O‘zbekiston pochtasi” AJ, “Matbuot tarqatuvchi” AK, AT “Aloqabank”, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU filiallarida, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi va uning tasarrufidagi matbaa uylari, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va uning filiallarida jamoa shartnomasini bajarilishiga bag‘ishlangan mehnat jamoasining umumiy yig‘ilish hamda konferentsiyalarida Respublika kengashining mas’ul xodimlari ishtirok etmoqdalar.