Filialda sport musobaqalari

“O‘zbektelekom” AK “TShTT” filiali va uning tasarrufidagi bog‘lamalar xodimlari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-son farmoniga asosan sport musobaqalari tashkil etildi.

Filialda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, xodimlarning sog‘lom hamda jismonan baquvvat bo‘lishlari uchun kundalik ehtiyojiga aylantirish, xodimlar o‘rtasida sog‘lomlashtirish–profilaktika ishlarini kuchaytirish maqsadida “O‘zbektelekom” AKda faoliyat yuritib kelayotgan xodimlar hamda ularning oila a’zolari o‘rtasida o‘tkaziladigan sport tadbirlari kalendarь rejasiga joriy yilning 26 yanvar kuni shaxmat va rus shashkasi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Ushbu musobaqada ishtirok etib, faxrli 1-, 2-, 3-o‘rinni egallagan xodimlar filial kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar hamda filial rahbariyati tomonidan moddiy rag‘batlantirdi.

        

“TShTT” filiali

Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi

J.Abdimo‘minov