Mamlakatimiz mustaqilligini mustahamlash, turli sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni hayotga tatbiq etish, mehnatkashlarning ijtimoiy – iqtisodiy manfaatlari va mehnat sohasi bilan bog‘liq huquqlarini himoyalash borasidagi tizimli ishlarga munosib hissasini qo‘shib kelayotgan kasaba uyushmasi xodimlari va faollari mana bir necha yildirki, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining “Ehtirom nishoni” bilan taqdirlanib kelinadi.
Joriy yilda ham mazkur mezonlar asosida turli sohalarda mehnat qilib kelayotgan 19 nafar tashabbuskor kasaba uyushmasi xodimlari “Ehtirom nishoni”ga munosib ko‘rildi.
Ana shunday fidoyi insonlar orasida bu yuksak mukofotga “O‘zbektelekom” aktsiyadorlik kompaniyasi Namangan filiali kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Baxtiyor Turdiev ham loyiq deb topildi.
“Ko‘ksimga qadalgan bu “Ehtirom nishoni” menga faxr tuyg‘usi bilan birga ulkan mas’uliyat ham yuklaydi. Mukofotga munosib bo‘lish uchun bor kuch-g‘ayratimni ayamayman”, deya hayajonini yashirolmay qalb so‘zlarini bildirgan zahmatkash kasaba uyushma faolimiz hurmatli Baxtiyor Turdiev, yana bir bor sizga mukofot muborak bo‘lsin!