Bayramga munosib tufha

Bugungi kunda axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi va uning tizimidagi boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan soha xodimlari uchun munosib mehnat sharoitini yaratish, mehnatga haq to‘lash va uni adolatli me’yorlashtirish, belgilangan tartibda kafolatlangan ish haqi miqdorini ko‘paytirib borish, ijtimoiy himoya, huquqiy himoya, huquqiy savodxonlikni oshirish, madaniy, ma’rifiy va sport-sog‘lomlashtirish tadbirlarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratib, zarur choralarini ko‘rmoqda.

Jumladan, “O‘zbektelekom” AK va “O‘zbekiston pochtasi” AJ Farg‘ona filiallari  boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan kirib kelayotgan bayram arafasida soha xodimlari  o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etildi.

 Yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash ularni o‘z kasbiga bo‘lgan sadoqatini mustaxkamlash maqsadida faoliyatida ijobiy natijalarga erishayotgan bir qator yosh mutaxassislarga “Konstitutsiya” bayrami munosabati bilan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Filiallarda tashkil etilgan ma’naviyat soatida O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonuni mazmun-mohiyati keng targ‘ib qilindi.

Bundan tashqari, bayram munosabati bilan “O‘zbektelekom” AK Farg‘ona filialidan nafaqaga chiqqan faxriylarning 26 nafari xolidan manzilli xabar olinib, ularning  ko‘nglini xushnud qilishga erishildi.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ Farg‘ona filiali tomonidan tashkil etilgan futbol musobaqasi esa soha xodimlarida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bilan bir qatorda ularni shijoatli, matonatli, epchil va qat’iyatli bo‘lishga hamda bir tanu bir jon bo‘lib, hamjixatlik va axillik kabi xislatlarini namoyon eta olishga udadi.