Davr bilan xamnafas bo‘lib.

XXI asr turli jabhalarda tezkor jarayon bo‘lib, barcha sohalarda zamon bilan birga qadam tashlashga chorlamoqda. Insonlar hayoti va jamiyat taraqqiyotida uzluksiz aloqa vositalarining ahamiyati kattaligini barcha yaxshi xis qilmoqda.

Zotan "Coscom" (Ucell savdo belgisi) kompaniyasi  xodimlari ham hozirgi bozor iqtisodiyoti  sharoitini hisobga olgan holda bir qator muhim ishlarni amalga oshirish uchun xarakat qilmoqdalar. Kompaniyaning “Mobil diler” loyihasi abonentlar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish uchun maxsus ishlab chiqilgan. Ko‘chalarda abonentlarga tez va samarali xizmatlar ko‘rsatish uchun maxsus jihozlangan avtomobillar, ko‘chma vitrina xamda mobil shaxobchalar o‘rnatish amalga oshirilmoqda. Endi abonentlarga eng yaqin ofis yoxud statsionar dilerlik markazini qidirib yurish shart emas.

COVID-19 karantin pandemiya  vaqtida va aholi punktlarida harakatlanish uchun cheklovlar joriy etilgan paytda mobil dilerlarga ehtiyoj bir necha bor oshdi. Sim-kartalarni eng olis manzillarga ham etkazib berish zaruriati tug‘ildi. Shu sababli Kompaniya mobil dilerlar imkoniyatlarini kengaytirishga qaror qildi. Bugungi kunda "Coscom" (Ucell savdo belgisi) kompaniyasi  2500 dan oshiq dilerlar bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilib kelmoqda. Kompaniya muntazam ravishda dilerlik savdo vakillari ishtirokida treninglar , xududiy ofislarda sayyor qabullar va o‘quv kurslari o‘tkazmoqda. Dilerlarga mo‘ljallangan barcha dasturlarning o‘xshashlari yo‘q va ular respublikamizda yagona dastur hisoblanadi.

2020 yil 1 noyabrь xolatiga ko‘ra Kompaniya abonentlar bazasi 8 000 000 nafardan oshdi. Bu "Coscom" kompaniyasini mijozlar soni bo‘yicha O‘zbekistonda  birinchi o‘ringa olib chiqadi. Xozirgi kunda "Coscom" (Ucell savdo belgisi) kompaniyasida 1700 xodim ishlamoqda. Pandemiya karantin davrida barcha xodimlar ijtimoiy muxofaza qilinib, deyarli  70% xodimlar masofaviy ish tartibiga o‘tkazildilar xamda to‘liq va o‘z vaqtida oylik maoshlarini olmoqdalar.

 

Muxitdin Jo‘raev

"Coscom" kompaniyasi kasaba uyushma qo‘mitasi raisi.