O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi “Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie markazi” davlat unitar korxonasi (“RRTM” DUK) respublika hududida davlat, nodavlat va xorijiy teleradioeshittirishlarni aholiga etkazib berish xizmatini taqdim etuvchi davlat tashkilot hisoblanib, bugungi kunda korxonada 1000 nafardan ortiq xodim mehnat faoliyatini olib bormoqda.
Bugungi kunda radio va raqamli teleradiouzatish imkoniyati bo‘lgan tarmoqqa ega bo‘lib, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va nodavlat teleradiokompaniyalar buyurtmasiga binoan, ularning tele va radiodasturlarini shartnoma asosida er usti teleradiouzatish tarmoqlari va er sun’iy yo‘ldoshi aloqa tizimlari orqali uzatish faoliyatini amalga oshirib kelmoqda. Shuningdek, buyurtma asosida xorijiy radiodasturlar asosida qisqa to‘lqinli diapazonida uzatilishini ta’minlaydi.
2020 yil davomida “RRTM” DUK tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat markazlarida raqamli teleuzatkichlar orqali qo‘shimcha HD formatda “Sevimli TV” hamda Navoiy viloyatida Langar RTSda mahalliy nodavlat “TTV To‘rtko‘l televideniyasi” telekanalini efirga uzatilishini yo‘lga qo‘ydi.
Koronavirus infektsiyasi tarqalishining oldini olish hamda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash yuzasidan mamlakatimizda joriy etilgan karantin davrida maktab bolalarning onlayn rejimida masofadan ta’lim olishini ta’minlash maqsadida 1-4 sinflar, 5-8 sinflar va 9-11 sinflar uchun 3 ta televizion kanallar orqali «Online-maktab» televizion videodars mashg‘ulotlarini respublika bo‘yicha er usti raqamli televidenie tarmoqlari hamda er sun’iy yo‘ldoshi aloqa tizimlari orqali tarqatildi.
Shuningdek, pandemiya davrida aholiga yanada qo‘laylik yaratish maqsadida «Indiyskoe kino», «Dom kino», «Discovery Channel», «Disney channel», «Euronews» kabi tijorat telekanallari ochiq rejimda uzatilishi ta’minlandi.
Ikkinchi jahon urushida erishilgan buyuk G‘alabaning 75 yilligi hamda Xotira va qadrlash kuni munosabati tashkil etilgan tadbirni alohida telekanal orqali Ikkinchi jahon urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilganlar xonadonlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rish imkoniyati yaratib berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlar dasturi asosida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining So‘x telekanalini qamrovini yanada kengaytirildi.
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani “Chorvoq” dam olish maskanida xorijiy telekanallar qamrov hududini kengaytirish bo‘yicha “UzDigital TV” MChJ tijorat telekanallar soni oshirildi.
Respublikaning borish qiyin bo‘lgan tog‘li hududlarida yashovchi aholini raqamli televidenie bilan ta’minlash maqsadida Jizzax viloyatining Ilonli, Teraklisoy, Kongli, Xo‘jakumushkent hamda Qashqadaryo viloyatining Qorako‘z, Yangiobod, Dukonxona va Omonota hududlarda, “UzDigital TV” MChJning xorijiy telekanallar qamrovini kengaytirish maqsadida, Xorazm viloyatining Pitnak RTS va Toshkent viloyati Shovozsoy dam olish maskaniga kam quvvatli raqamli teleuzatkichlar ishga tushirildi.
Radiotelevizion uzatish stantsiya ob’ektlarini ishchi holatda saqlash, mehnat muhofazasini ta’minlash hamda ushbu ob’ektlarda faoliyat olib borayotgan ishchi xodimlarga qulay ish sharoit yaratish maqsadida 2 ta zanjirli maxsus ishlab-chiqarish texnologik transport vositalari xarid qilindi.
Namangan viloyatida joylashgan Kosonsoy radiotelevizion markazining ma’muriy binosi fasad va ichki qismlari hamda hududning devori mukammal ta’mirlandi, texnik xodimlarga qulay shart-sharoitlar yaratildi.
Shuningdek, “RRTM” DUK kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan kator madaniy uchrashuvlar o‘tkazib kelindi. Xususan, Zangiota tumanidagi 3-son Radiostantsiya xodimlari bilan “Ochiq muloqot” davra suhbati o‘tkazildi. “Ochiq muloqot” tarzida o‘tkazilgan davra suhbatida yig‘ilish qatnashchilariga ish joylaridagi qulay va xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi holatini yaxshilash hamda ishlab chiqarishda jarohatlanish profilaktikasiga yo‘naltirilgan tadbirlarni tashkillashtirish va amalga oshirish uchun korxonaning har yillik biznes-rejasida ushbu maqsadlar uchun zarur mablag‘lar ajratilishi ko‘zda tutilganligi, va boshqa masalalarda ma’lumot berib o‘tildi.
Mehnat jamoasi konferentsiyasining qarori bilan 2020-2023 yillar uchun mo‘ljallangan yangi tahrirdagi “RRTM” DUK Jamoa shartnomasi qabul qilindi. Quvonarlisi, ushbu jamoa shartnomasiga xodimlar manfaatlarini himoya qilishni yanada takomillashtirish va qo‘shimcha imtiyozlarni joriy qilish bo‘yicha bir qancha qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritildi.
Jumladan, korxona xodimlarining sanitariya-epidemiologik muhitini ta’minlash va salomatligini muhofaza qilish, aloqa sohasidagi ish staji uchun to‘lanadigan qo‘shimcha haq miqdori o‘rtacha 60 foizga oshirishga qaratilgan bandlar kiritildi.
Kelgusida korxona xodimlarining mehnat sharoitlarini yaxshilash, qulay ish sharoitlarini yaratish va xodimlarni boshqa yo‘nalishlardagi kafolatlarini yanada yaxshilash kabi chora-tadbirlarni amalga oshirishda davom etadi.