Bugungi kunda butun respublika miqyosida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 31 yil to‘lishi va mazkur sana joriy yilda ilk marta “O‘zbek tili bayrami” sifatida nishonlanishi munosabati bilan qator tadbirlar tashkil etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida milliy davlatchiligimiz va o‘zligimiz timsoli bo‘lgan ona tilimizni rivojlantirish bu borada eng muhim yo‘nalish bo‘lib qolishi, bu yil 21 oktyabrь – O‘zbek tili bayrami kuni butun mamlakatimiz miqyosida keng nishonlanishiga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Bugungi kunda butun respublika miqyosida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 31 yil to‘lishi va mazkur sana joriy yilda ilk marta “O‘zbek tili bayrami” sifatida nishonlanishi munosabati bilan qator tadbirlar tashkil etilmoqda.
Ona tilimizning buyukligi, betakrorligi va o‘ziga xos jozibasiga bag‘ishlab joriy yilning 15 oktyabr kuni “O‘zbektelekom” AK “Toshkent shahar telefon tarmog‘i” filialida “O‘zbek tili bayrami” karantin qoidalariga rioya qilgan holda “Til millat ko‘zgusi” mavzusida Toshkent viloyati “Turon” ahborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbir mazmunan – mohiyatiga ko‘ra keng qamrovli, mazmunli bo‘lib, bundan 31 yil muqaddam o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi xalqimizning milliy mustaqillikka erishish yo‘lidagi muhim qadamlaridan biri bo‘lganligi, “Davlat tili haqida”gi qonun ona tilimizning bor go‘zalligi va jozibasini to‘la namoyon etish bilan birga, uni ilmiy asosda rivojlantirish borasida ham keng imkoniyatlar yaratganligini takidlab o‘tildi.
Suhbat davomida tadbir ishtirokchilariga mavzuga oid savollar berildi va faol qatnashganlarga kasaba uyushmasi tomonidan esdalik uchun kitoblar sovg‘a qilindi.
Tadbir so‘nggida ona tilimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishda, uni milliy va umumbashariy tushunchalar asosida taraqqiy etgan tillar safiga qo‘shishda har birimiz tilimizga chuqur hurmat bilan yondashishimiz kerakligini uqtirib o‘tildi.