2020 yil 15 avgust kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida tarmoq kasaba uyushmalari Respublika kengashlariga bir qator vazifalar topshirildi.
Jumladan, Respublika kengashi rahbariyati va mas’ul xodimlariga mehnat jamoalariga tashrifi bo‘yicha jadval ishlab chiqish hamda tashrif jarayonida ish haqini o‘z vaqtida to‘lanishi, ish o‘rinlarining barqarorligi, xavfsizlik texnikasi, mehnat muhofazasi va mehnat sharoitlari bo‘yicha axvolni o‘rganib tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish yuklatildi.
Shu maqsadda Respublika kengashi Rayosatining 2020 yil 20 iyuldagi 17-27 “o” son karori tasdiqlanib ijroga yo‘naltirildi.
Joriy yilning 21 avgust kuni Toshkent viloyati hududidagi boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalari raislari ishtirokida tuman telekommunikatsiya bog‘lamalari hamda pochta aloqa bo‘limlarida xodimlar uchun pandemiya davrida yaratilgan mehnat sharoitlari, ish haqlarini o‘z vaqtida to‘lanishi va boshqa masalalar o‘rganilib, xodimlar bilan suhbatlar o‘tkazildi.
Suhbat jarayonida ishchi-xodimlar tomonidan ish haqi o‘z vaqtida, kechiktirmasdan to‘liq to‘lanayotgani, tashkil etilgan sanitariya-gigena sharoitlari talab darajasida ekanligi, pandemiya davrida kasallikka chalingan xodimlar va covid-19 asoratlari oqibatida vafot etgan xodimning oila a’zolariga jamoa shartnomalariga asosan moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlab kelinayotganligi hamda Respublika rahbariyati va soha mas’ullari tomonidan doimiy e’tiborni his etib turganliklari e’tirof etildi.