8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga munosib sovg‘a.
O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha to‘rtinchi tashabbus ijrosi doirasida Toshkent viloyati Chinoz tumanida joylashgan Respublika qiz bolalar o‘quv-tarbiya muassasasiga 150 nusxa turli janrdagi badiiy kitoblar hadya qilindi.
Kitoblarni AKT vazirligining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Xursan Yo‘ldoshev hamda O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Mirvoxid Xaydarovlar taqdim etishdi. Bu muassasa tarbiyalanuvchilari uchun 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga munosib sovg‘a bo‘ldi.