“COSCOM” MChJda kasaba uyushmasi qo‘mitasining hisobot-saylov konferentsiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi vakillari hamda kompaniya boshlang‘ich tashkilotlarining delegatlari ishtirok etdi.
Tadbirda kompaniyada uzoq yillardan buyon kasaba uyushma faoliyatiga bosh-qosh bo‘lib, doimo ishchilarning huquq va manfaatini himoya qilish, ularning ish sharoitlarini, mehnat muhofazasi va madaniy hordiq chiqarishini ish faoliyatining asosiy mezoniga aylantirgan Nusrat Isoqovning so‘nggi besh yillik faoliyati haqidagi hisoboti yuqori baholandi.
– Kasaba uyushmalari faoliyatida ijtimoiy masalalar katta o‘rin egallaydi, – deydi delegat, kompaniyaning dilerlik tarmog‘i bo‘yicha hisobot guruhi rahbari Lilya Dayanova. – Ayniqsa, mehnatkashlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun ommaviy sport turlariga, sanatoriylarga, farzandlarini dam olish oromgohlariga imtiyozli tarzda jalb etish kasabaqumlardan shz ishiga mas’uliyat bilan yondashishni tadlab etadi. Bu borada biz kompaniya ishchi xodimlari doimiy e’tiborida ekanligimizdan mamnunmiz.
Ha, etarlicha mehnat sharoiti, e’tibor va e’tirof bor joyda hamisha ishchan kayfiyat xukumron bo‘ladi. Kasaba uyushmasi a’zolari bilan hamkorlikda kelgusida faoliyatni yanada takomillashtirish borasida yaqin kelajakka mo‘ljallangan ustuvor vazifalar belgilab olingan tadbirda “COSCOM” MChJda kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisligiga kompaniya mutaxassisi Muxiddin Jo‘raev, O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Konfrentsiyasiga delegatlar saylandi.
Bayramona ruhda o‘tgan konfrentsiyasida kasaba uyushmasining faol a’zolari tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.