TALABALAR O’RTASIDA ZAKOVAT INTELLEKTUAL O’YINI O’TKAZILDI

O’yin juda qizg’in baxs va munozaralarga boy bo’ldi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Kasaba uyushmasi xodimlari va Universitet Yoshlar ittifoqi Boshlang’ich tashkilotining faol va iqtidorli talabalari bilan hamkorlikda talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida joriy yilning 5-fevral kuni, 1-sonli talabalar turar joyida Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 537-yilligi munosabati bilan iqtidorli talabalar o’rtasida zakovat intellektual o’yini o’tkazildi.

Zakovat intellektual o’yini boshqa intellaktual o’yinlaridan farqli ravishda innovatsion tarzda tashkil qilindi.Ushbu o’yinida qatnashuvchi talabalar ro’yhatdan o’tish davomida ID kodlarga ega bo’ldilar va tashkilotchilar tomonidan guruhlarga ajratildilar.

O’yinda jami 4 ta jamoa ishtirok etishdi.

O’yin juda qizg’in baxs va munozaralarga boy bo’ldi.

G’oliblar va ishtirokchilar Kasaba uyushmasi tomonidan tashkil etilgan qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandilar.

TATU matbuot xizmati