Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasini bevosita koʼrgan va eshitgan har bir inson oʼziga xos taassurotga ega boʼldi, oʼrinli xulosalar chiqara oldi.
Prezidentimiz taʼkidlaganidek, zamonaviy dunyoda raqamli texnologiyalar barcha sohalarda hal qiluvchi rolni oʼynaydi.
2019 yilda Oʼzbekiston axborot kommunikatsiyasi va texnologiyalarni rivojlantirish xalqaro indektsiyada oʼz pozitsiyasini 8 pogʼonaga yaxshiladi, ammo u boshqa davlatlardan hamon ortda qolmoqda.
Prezidentimiz ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish boʼyicha vazifalarni belgilab berar ekan, joriy yilda «raqamli iqtisodiyot»ni rivojlantirish boʼyicha tub burilish qilishimiz lozimligiga alohida toʼxtaldi. Shu bilan bir qatorda, qurilish, energetika, qishloq va suv xoʼjaligi, transport, geologiya, kadastr, sogʼliqni saqlash, taʼlim, arxiv sohalarini toʼliq raqamlashtirish lozimligini qayd etdi.
Bu vazifalarni koʼzda tutgan holda «Raqamli Oʼzbekis¬ton – 2030» dasturini ishlab chiqishni ikki oy muddatda yakunlash, kelgusida bu ishlarni tizimli tashkil etishga bosh-qosh boʼlish uchun Hukumatda Bosh vazir oʼrinbosari, vazirlik va idoralarda hamda hokimliklarda esa alohida oʼrinbosar lavozimlari joriy etiladi. Shu bilan birga, «Elektron hukumat» tizimini, amalga oshirilayotgan dasturlar va ¬loyihalarni tanqidiy qayta koʼrib chiqib, barcha tashkiliy va ins¬titutsional masalalarni kompleks hal etish asosiy masalalardan biriga aylanmoqda.
Toshkent shahrida zamonaviy infratuzilmaga ega boʼlgan «IT-park» barpo etilgani va hozirgi kunda u oʼzining dastlabki natijalarini bera boshlagani xususida gap borar ekan, joriy yilda bunday «IT-park»lar Nukus, Buxoro, Namangan, Samarqand, Gulis¬ton va Urganch shaharlarida ham tashkil etilishi axborotlashtirish sohasida tub oʼzgarish¬lar boʼlishidan dalolatdir.
Soha uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida xorijiy hamkorlar bilan birgalikda «1 million ¬dasturchi» loyihasining amalga oshirilishi esa yosh iqtidorlarning inovatsion gʼoyalarini hayotga tatbiq etilishiga zamin yaratishi muqarrar.
Yana bir muhim vazifalardan biri – taʼlimning barcha bosqichlarida xalqaro andazalarga toʼliq javob beradigan axborot texnologiyalari joriy etilishi istiqbol uchun qoʼyilayotgan mustahkam poydevordir.
Oʼtgan yili barcha shahar va tuman markazlarini yuqori tezlikdagi Internetga ulash ishlari yakunlanganini hisobga olgan holda yaqin 2 yilda barcha ¬qishloq va mahallalarni ana shunday tezkor internet bilan taʼminlashdek vazifa turibdi. Xususan, hozirgacha 7 mingdan ortiq sogʼliqni saqlash, maktabgacha taʼlim muassasalari va maktablar yuqori tezlikdagi internetga ulangan boʼlsa, keyingi 2 yilda yana 12 mingta muassasa tezkor internetga ulanadi.
Murojaatnomadan oʼzimiz uchun koʼplab vazifalar belgilab oldik. Undagi ayrim masalalar qalbimizdagi istak boʼlib, uzoq yillardan buyon kutilayotgan islohotlardan xushxabar bersa, koʼtarilgan baʼzi fikrlar biz uchun mutlaqo yangilik sifatida yangradi. Ular faoliyatimizga yangicha ruh bagʼishlashiga, shubha yoʼq.
Аsror IShАNXODJАEV,
Аxborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya
xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi